Milan klublari "Liverpul" himoyachisi Sako uchun kurashadi

Aslanov Jasurbek
28 noya 2016, 16:41
"Liverpul" himoyachisi Mamadu Sako faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchi "Inter" va "Milan" qiziqishlari doirasida.

Joriy mavsumda Sako APL uchrashuvlarida maydonga tushmadi va klub rahbariyati futbolchining boshqa jamoaga o'tishiga to'sqinlik qilmaydi. Milan klublariga "Vest Bromvich" raqib bo'lishi mumkin. Uchchala klub ham Sakoni ijaraga olmoqchi.

26 yoshli himoyachi "Liverpul"da 2013 yildan beri o'ynaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilda yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror