"Milan" Kerning maoshini oshiradi

Mirjalol Normatov
8 avg 2021, 15:15
"Milan" rahbariyati himoyachi Simon Kerga yaxshilangan shartnoma taklif qilish niyatida.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "rossoneri" daniyalikka 2 yillik maoshi yaxshilangan shartnoma taklif qilmoqda. Unda futbolchining yillik maoshi 1,2 million evrodan 1,5 million evroga ko'tariladi.

Simon 2020 yildan buyon "Milan" tarkibida harakat qilmoqda. Shu vaqt mobaynida u 58 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport