"Milan" kelasi haftada "Real" bilan muzokaralar olib boradi

Mirjalol Normatov
30 noya 2020, 12:56
"Milan" rahbariyati hujumkor yarim himoyachi Braim Diasni tarkibda saqlab qolmoqchi.

"Braim juda yaxshi harakat qilmoqda. Uning o'yinlarimizdan ko'nglimiz to'lmoqda. Dias jamoaga ko'p narsani bera olishi mumkin. Uning kelajagi borasida "Real" bilan gaplashib olamiz. Braim "Milan"ga kerak", - dedi "Milan" sport direktori Frederik Massara.

Eslatib o'tamiz, "Real" hamda "Milan" ijarani kelishayotganda futbolchining sotib yuborilish bandi shartnomaga kiritilmagandi.

21 yoshli ispaniyalik futbolchi "rossoneri" tarkibida 12 o'yinda 3 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: DAZN