

"Milan" klubi hujumchi Olive Jiru bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Futbolchiga 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilingan. Fransiyalik futbolchining "rossoneri" bilan amaldagi kelishuvi joriy mavsum oxirigacha tuzilgan.
36 yoshli hujumchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.



