"Milan" Janluiji Donnarummaning akasidan qutuldi

Sherzod Nurmatov
21 avg 2021
Darvozabon Antonio Donnarumma "Milan"dan "Padova"ga o'tdi.

31 yoshli futbolchi Italiya C seriyasi klubi safiga erkin agent sifatida qo'shildi.

Tomonlar mavsum so'ngiga qadar shartnoma tuzishdi.

Antonio Donnarumma ushbu yozda PSJ a'zosiga aylangan Janluiji Donnarummaning katta akasi sanaladi.

Posbon "rossonerilar" tarkibida 4 mavsumda 3 o'yinda qatnashib, gol o'tkazmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: padovacalcio.it

O'xshash yangiliklar