"Milan" Ibragimovichga yangi shartnoma taklif qiladi

Alisher
2 noya 2021, 16:04
"Milan" 40 yoshli shvetsiyalik forvard Zlatan Ibragimovich bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi.

"Rossonerilar" skandinavlik to'purar uchun bir yillik yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Amaldagi bitim mavsum so'nggida yakuniga etadi.

Ibragimovich joriy mavsum A Seriya doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

"Milan" esa A Seriyada 11 turdan so'ng ikkinchi o'rinda bormoqda.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato