"Milan" hujumchisi safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
22 mar 2021, 22:45
"Milan" hujumchisi Rafael Leau jarohati sababli safdan chiqdi.

"Proxima Jornada" xabariga ko'ra, A Seriya 28-turi doirasida "Fiorentina"ga qarshi o'yindan keyin futbolchining jarohat olgani ma'lum bo'lgan. Hozircha futbolchining qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum emas. Shunisi aniqki, u milliy termasining navbatdagi o'yinlarida qatnasha olmaydi.

Ushbu mavsumda 21 yoshli portugaliyalik "Milan" tarkibida 32 o'yinda 6 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Proxima Jornada