Milan G'ulomning agentlari bilan muzokara o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
30 apr 2017
Napoli chap qanot himoyachisi Fauzi G'ulom Milan qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.

Milan klubi vakillari kecha 26 yoshli jazoirlik futbolchining agentlari – Marko Sommella va Alessandro Modji bilan muzokara o'tkazishdi.

G'ulomning klub bilan shartnomasi 2018 yil yozida tugaydi. U kelishuvni uzaytirmoqchi emas. Futbolchiga qishda PSJ, Chelsi va Bavariya kabi klublar qiziqish bildirishgandi.

Bu mavsumda 33ta o'yinda G'ulom 7ta golli pas berdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net