
20 yoshli Gollandiya yoshlari terma jamoasi o'yinchisiga “rossoneri”larning yangi bosh murabbiyi Klarens Zeedorfning shaxsan o'zi qiziqayapti, deb xabar beradi Sportmediaset.
Manbaning xabariga ko'ra, Maxeraning “Milan”ga o'tishi yozgi transferlar oynasi mobaynida amalga oshishi mumkin.
Ushbu mavsum Gollandiya chempionatining 16 ta o'yinida maydonga tushgan yarim himoyachi uchta gol kiritgan va bitta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.