"Milan" futbolchisi 7-8 oy o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
20 noya 2018, 10:41
"Milan" yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

29 yoshli futbolchi tizzasini operaciya qildiradi. Tiklanish taxminan 7-8 oyni o'z ichiga oladi.

Bonaventura yangi mavsum startiga yaqin safga qaytadi. Uning Milan bilan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar amal qiladi.

Bu mavsumda Bonaventura 8ta o'yinda 3ta gol urdi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com