“Milan” ECHL bahslarida chiptalar sotuvi bo'yicha Italiya rekordini yangiladi

Alisher
11 may 2023, 09:12
Tunda bo'lib o'tgan “Milan” va “Inter” uchrashuvini bevosita stadiondan 75 mingdan ziyod muxlis tomosha qildi.

  Ushbu bahsdan “Milan” jamoasi chiptalar sotuvidan 10,5 million evro foyda ko'rdi. Bu esa ECHL bahslarida chiptalar sotuvidan tushgan daromad bo'yicha Italiya rekordi hisoblanadi. 

Avvalgi rekord ham aynan “Milan”ga tegishli edi. ECHLning nimchorak finalida “Tottenxem”ga qarshi bahsida milanliklar 9,1 million evrolik chipta sotishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com