"Milan" Donnarumma borasidagi takliflarni ko'rib chiqmaydi

29 iyul 2020, 21:33
Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "Milan" darvozabon Janluiji Donnarummani sotmaydi.

"Rossonerilar" rahbariyati 21 yoshli golkiper bilan amaldagi shartnomani yangilaydi va Donarumma borasida keladigan hech qaysi taklifni ko'rib chiqmaydi.

Ma'lumot uchun, italiyalik darvozabon A Seriyaning joriy mavsumida 34 o'yin o'tkazdi. U 11 uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato