"Milan" Chempionlar Ligasi qaydnomasiga Essen, Taarabt va Ramini kiritdi

Tolibjon Qosimov
4 fev 2014, 21:21
"Milan" Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun qaydnomasiga o'zgartirishlar kiritdi.
Jamoa tarkibiga yangi futbolchilar: Maykl Essen, Odil Rami va Adel Taarabtni "zayavkaga" qildi.

Qaydnomadan Alessandro Matri ("Fiorentina"ga o'tdi), Antonio Nocherino ("Vest Xem"ga o'tdi) va Matias Silvestre chiqarib yuborildi.

Keysuke Xonda  esa bu mavsum Chempionlar Ligasi doirasidagi o'yinlarda "Milan" sharafini himoya qila olmaydi. Chunki SSKA tarkibida mu musobaqa o'yinlarida qatnashib bo'lgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru