"Milan" "Chelsi" darvozaboni Eduar Mendiga qiziqish bildirmoqda

Administrator
30 dek 2022
Darvozaboni Italiya klubi qiziqishlari doirasida.

"Milan" klubi "Chelsi" posboni Eduar Mendiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda taniqli insayder Janluka Di Marcio xabar bermoqda. "Milan" klubini asosiy posbon Mayk Menyanning jarohati havotirga solmoqda. Klub darvozabonlar bilan bog'liq muammoni Mendi orqali hal qilmoqchi. Mendi ham o'z navbatida "Chelsi"da zaxira darvozaboniga aylanib qolgan. 

Ushbu transferni amalga oshishiga Mendining narxi to'sqinlik qilishi mumkin. Shu sabab ham "Milan" "Atalanta" darvozaboni Marko Sportello variantini ham ko'rib chiqishi mumkin. 


AdministratorMuallif
Manba: Corriere della Sera