"Milan" Bundesliganing eng yaxshi to'purarlaridan biri transferiga qiziqmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
8 dek 2023, 17:10
"Milan" qishki transfer oynasida "Shtutgart" va Gvineya termasi hujumchisi Sexru Girassini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Rossoneri" uzoq yillar klub sharafini himoya qiladigan to'purar izlamoqda. Milanliklar futbolchi shartnomasidagi 17 million evro tovon puli haqidagi bandni ishga solishi mumkin.

Guyrassi "Shtutgart" safida 2022 yil yozidan buyon to'p tepib kelmoqda. Bu mavsum 27 yoshli forvard chempionat va mamlakat Kubogining 13 uchrashuvida 18 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma etkazib berdi.

Avvalroq, gvineyalikka "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: calciomercato.com