"Milan" bu ishni oxirgi 11 yilda ikkinchi bor uddaladi

Tolibjon Qosimov
28 avg 2017, 12:17
Kecha Italiya A seriyasida 2-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.

Yozgi transfer oynasida tarkibga 11 nafar yangi o'yinchi qo'shib olgan "Milan" bu turda "Kalyari"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Shu tariqa, "rossonerlar" oxirgi 11 mavsumda ikkinchi bor chempionatni ketma-ket ikkita g'alaba bilan boshladi.

Yana bir ma'lumot, "Milan" 2017-2018 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 6ta o'yin o'tkazdi va ularning barchasida g'alaba nashidasini surdi. 5ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/OptaPaolo