“Milan” bosh murabbiyligiga yana bir nomzod paydo bo'ldi

18 may 2020, 07:45
“Borussiya M” bosh murabbiyi A Ceriyaga ko'chib o'tishi mumkin.

“Milan” bosh murabbiyligiga nomzodlar qatorida Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi ustozi Marko Roze ham tilga olinishni boshladi. Rouz 2019 yil yozida nemis klubi boshqaruviga kelgandi. Ayni damda “Borussiya” Bundesliga 26-turidan so'ng uchinchi pog'onani band qilib turibdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “rossonerilar” boshqaruvi Ralf Rangnikka ishonib topshirilishi mumkinligi aytilayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport