"Milan" bosh murabbiyligi uchun ikki nomzod bor

Mirjalol Normatov
29 may 2019, 23:25
"Football Italia" nashri "Milan" bosh murabbiyligi uchun ikki nafar nomzodni ma'lum qildi.

Jennaro Gattuzoga iste'fo berilganidan keyin klub rahbariyati ayni damda ikki nafar murabbiy bilan muzokaralar o'tkazmoqda.

Unga ko'ra, nomzodlar orasida "Lacio" ustozi Simone Indzagi bu borada favorit bo'lib turibdi. Shuningdek, "Milan" "Sampdoriya" ustozi Marko Jampaolo bilan ham muzokaralar o'tkazmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia