"Milan" bosh murabbiyi Manjukichning transferini tasdiqladi

Alisher
19 yanv 2021
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli tez orada jamoaga Mario Manjukich qo'shilishini aytdi.

"Asosiysi - o'yinchilarning munosabati. Belgilangan maqsadlarga erishish uchun o'zgarishlar va rotaciyalar kerak. Yana bir nechta variant bo'lishi muhim, klub xo'jayinlarining bu tanlovidan xursandman.

Manjukichning kelishidan mamnunman, bizda kuchli o'yinchilar qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Men u bilan gaplashdim. Formasini tiklash uchun biroz vaqt kerak, sababi u anchadan beri o'ynagani yo'q", - deydi Pioli.

Manjukich hozirda erkin agent maqomida, uning so'nggi klubi "Al Duhayl" bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: sport.sky.it