"Milan" "Ayntraxt" bilan muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
22 mar 2020
"Milan" va "Ayntraxt" rahbariyati forvard Ante Rebichning transferi borasida muzokaralarni boshladi.

"calciomercato" xabariga ko'ra, "Milan" tarkibida so'nggi 7 o'yinda 6 gol urgan futbolchining o'yinlari klubga maqul kelgan va u bilan to'laqonli shartnoma imzolashga tayyorlar.

26 yoshli Rebichning transfer narxi 40 mln evroni tashkil qilishi kutilmoqda. Ushbu mavsumda Rebich 15 o'yinda 6 bora raqiblari darvozasiga yo'l topdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: calciomercato