"Milan" 38 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
13 okt 2021, 07:06
Darvozabon Antonio Mirante "Milan" bilan shartnoma imzolashga yaqin.

"Rossonerilar" 38 yoshli darvozabon bilan mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzolashga tayyorlar.

Mirante yozda shartnomasi yakuniga etganidan so'ng "Roma"dan ketgan edi. U hozirgacha erkin agent maqomida.

Mirante Rim klubiga 2018 yilda "Bolonya"dan o'tgan edi. U o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 22ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira