Milan 2003 yildan buyon ilk marta Italiya kubogi finaliga chiqdi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2016, 10:00
Italiya kubogi yarim final javob uchrashuvida Milan Alessandriyani tor-mor etdi (5:0).

Shu tariqa, Milan klubi 2003 yildan buyon ilk bor Italiya kubogi finaliga chiqdi. O'shanda rossonerlar beshinchi bor kubokni qo'lga kiritishgandi (1966/67, 1971/72, 1972/73, 1976/77, 2002/03).

1966/67 yilgi mavsumdan buyon ilk marta Milan Italiya kubogida ketma-ket 6ta g'alabaga erishdi.

Finalda klub Inter – Yuventus juftligi g'olibiga qarshi (dastlabki bahs – 0:3) maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaPaolo