Miladinovich ketidan Tojiev va Abdullaev ham Malayziyaga yo'l olishyapti

Nadirkhuja Yuldashev
18 noya 2014, 15:39
Malayziyadagi muxbir tanishlarimizning ma'lum qilishicha, Boyan Miladinovich Malayziya klublaridan biri bilan rasmiy kelishuvga erishgan.

Shuningdek, yaqin hafta ichida Farhod Tojiev bilan Sadriddin Abdullaevning ham Malayziyaga yetib kelishi va shartnomaga qo'l qo'yishi haqida xabar oldik. 

Eslatib o'tamiz, shu kungacha Malayziyada Yaroslav Krushelnickiy va Dilshod Sharofetdinov to'p tepayotgan edilar.  

Malayziya chempionati yanvar - iyul oylari o'rtasida bo'lib o'tadi.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia