

Boyan Miladinovich to'p tepayotgan "Felda Yunayted" klubi OFK kubogi sohibi "Johor Darul Tazim" klubiga qarshi o'ynadi. "Felda Yunayted" maydonida o'tgan dastlabki o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Kechagi Johor shahridagi stadionga 23 mingdan ziyod muxlislar tashrif buyurishdi. Unda Miladinovich jamoasi safarda, kuchli jamoani 2:1 hisobida mag'lub etib yarim finalga chiqdi.
"Felda Yunayted" yarim finalda "Kedah" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Yarim final juftliklari:
"Paxang" - "Selangor"
"Felda Yunayted" - "Kedah"



