

"Uchrashuvning dastlabki 10–15 daqiqasida o'yinni yaxshiroq nazorat qilish uchun xotirjamlik yetishmadi. Keyin esa o'z uslubimizda harakat qila boshladik, raqib yarmida ko'proq o'ynadik va yaxshi hujumlar tashkil etdik, garchi aniq golli vaziyatlar ko'p bo'lmagan bo'lsa ham. Ikkinchi bo'limni juda faol boshladik - kombinaciyalar va raqib himoyasi hamda darvozaboniga bosim o'tkazish jihatidan ancha xavfli ko'rindik. Biroq bizga baribir aniqlik yetishmadi - darvoza tomon kam zarba berdik va hujumlarni yakuniga etkaza olmadik. Keyin gol urdik va o'yin to'liq nazoratimizga o'tdi.
Ammo bunday jamoaga qarshi bu etarli emas. Ularga bitta vaziyat kifoya: keraksiz qoidabuzarlik, to'pning bo'sh hududga uzatilishi, bosim, muvaffaqiyatsiz chiqarib yuborish - va xavfli holat yuzaga keladi. Biz o'yin oldidan aytgandik: bu yerda g'alaba qozonish uchun jarima maydonini hayoting kabi himoya qilish va to'pni albatta uzoqlashtirish kerak. Aks holda g'alaba qozonish juda qiyin. Bir epizodda buni bajara olmadik - raqibga munosib baho berish kerak.
Shundan keyin o'yin ochildi, qarshi hujumlar ko'paydi. Ular xavfli bir imkoniyat yaratdi va o'yin so'ngida Deklan Rays jamoani qutqarib qoldi. Bizda esa ikki yaxshi qarshi hujum va ehtimol o'yindagi eng xavfli vaziyat bo'ldi - Gabriel Martinelli darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, g'alaba keltirishi mumkin edi", - dedi mutaxassis klub matbuot xizmatiga.



