Miftaxuddinov "Astana"da ishlaydi, klubning maqsadi Yevropa ligasi guruh bosqichiga chiqish

Narzulla Saydullayev
30 noya 2013, 18:53
Kuni kecha Qozog'istonning "Astana" klubiga o'zbekistonlik murabbiy Vadim Abramov tayinlangani haqida xabar bergandik.
Taxmin qilinganidek Marat Miftaxuddinov "Astana"da Abramovning yordamchisi bo'lib ishlaydi. Bu haqda muxbirimiz Kamoliddin Alimov xabar berdi.

Klub 9 dekabr kuni yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Abramovning jamoaga kelishi mumkin bo'lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatida o'zbekistonliklar ham bor. Bu haqda murabbiyning o'zi muxbirimizga aytib o'tgan.  

Keyingi yozda Yevropa ligasi saralashida ishtirok etadigan "Astana"ning maqsadi musobaqaning guruh bosqichiga yo'l olish ekan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia