"Midlsbro" AQSH terma jamoasi darvozabonini xarid qildi

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2016, 18:14
"Midlsbro" "Aston Villa" sobiq posboni amerikalik Bred Guzanni xarid qilgani haqida e'lon qildi.

31 yoshli darvozabon "Midlsbro"ning sakkizinchi xaridiga aylandi. Kelishuv ikki mavsumga mo'ljallangan.

Guzan AQSH terma jamoasi posboni hisoblanadi va u milliy jamoa tarkibda 50 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U Premer-liganing so'nggi mavsumida 28 bahsda maydonga tushib, 58 ta gol o'tkazib yuborgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com