Michu: "Ispaniya termasidagi debyutimdan xursandman"

Narzulla Saydullayev
12 okt 2013, 15:52
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Michu bosh murabbiy Visente Del Boskega rahmat aytdi.
Michu kecha Belorussiyaga qarshi o'yinda ilk bor milliy terma jamoa libosida maydonga tushdi. "Suonsi" futbolchisi asosiy tarkibda boshlab 57-daqiqada almashtirildi.

– Men Ispaniya terma jamoasidagi debyutimdan xursandman. Bosh murabbiyga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman, – deydi Michu "Football Espana" nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net