MFL 11-tur ramziy jamoasidan o'zbekistonlik futbolchi o'rin egalladi

Alisher
22 sen 2020, 13:55
Milliy Futbol Ligasi (FNL) 11-tur ramziy jamoasini taqdim etdi.

E'tiborlisi, ushbu jamoadan "Nefteximik"da o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchi Vagiz Galiulin o'rin egalladi.

Yarim himoyachi ikkinchi bor tur ramziy jamoasiga kiritilmoqda. 32 yoshli xavbek 2008-2012 yillar davomida O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan.


Darvozabon: Goylo (2)

Himoyachilar: Voropaev, Gocuk, Kryuchkov, Masternoy

Yarim himoyachilar: Galiulin (2), Sharipov, Savichev, Akbashev

Hujumchilar: Ginsar, Oganesyan (2)


MFL TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: 1fnl.ru