Meylis Diniev: "O'zbekiston bilan o'yinda autsayder emasligimizni isbotladik"

Sherzod Nurmatov
15 iyun 2023, 14:30
Turkmaniston terma jamoasi yosh futbolchilaridan biri Meylis Diniev O'zbekistonga qarshi o'yindan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi o'yin haqida qanday fikrdasiz?

- O'ylaymanki, munosib qarshilik ko'rsatdik va autsayder emasligimizni isbotladik. Hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi, ammo omadimiz kelmadi.

- Ko'pchilik O'zbekistondan yirik g'alaba kutgandi, lekin bunday bo'lib chiqmadi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Albatta, biz munosib qarshilik ko'rsatdik. Durang bo'lishi mumkin edi. 

- Sizlarda bir talay imkoniyatlar yuzaga keldi. Bir vaziyatda darvoza ustuni va to'sini nishonga olindi...

- Omadimiz kelmadi. 

- SAFA turniri haqida to'xtalib o'tsangiz...

- O'ylaymanki, biz keyingi o'yinda g'alaba qozonishimiz va 3-o'rin uchun bahsda qatnashishimiz kerak.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia