"Roma" rasmiy saytining xabar qilishicha, jamoaning markaziy himoyachisi Mexdi Benatiya sonidan jarohat olgani bois taxminan bir oyni maydondan tashqarida o'tkazib yuboradi.
Ta'kidlab o'tish lozimki, futbolchi bu mavsum "bo'rilar" tarkibida yorqin o'yin namoyish etayotgan edi. Bu esa "Roma"ning natijalariga ta’sir o'tkazishi aniq.