“Metallurg” - “Qizilqum” uchrashuvi onlayn translyatsiya qilinadi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2014, 11:39
Milliy chempionatimiz o'n ikkinchi turidan joy olgan “Metallurg” - “Qizilqum” o'yinini saytimiz orqali onlayn translyatsiya qilishni rejalashtirganmiz.
Uchrashuv 14 iyun kuni soat 18.00 da Bekobod shahridagi “Metallurg” stadionida boshlanadi.

Uchrashuv onlayn matni bilan tanishish uchun www.fcqizilqum.uz  saytining Interaktiv bo'limiga kirishingiz talab etiladi.

Eslatib o'tamiz, bungacha “Qizilqum” futbol klubi matbuot xizmati O'zbekiston kubogi 1/8 final doirasida "Olmaliq" (Olmaliq) - "Qizilqum" (Navoiy) , milliy chempionat 11-turidan joy olgan "Qizilqum" (Navoiy) - "Nasaf" (Qarshi) bahslarini onlayn translyatsiyasini hukmingizga havola etgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz