

Joriy mavsumda Superligada ishtirok etmaslikka qaror qilgan “Metallurg” chernogoriyalik hujumchi Balsa Sekulichni transferga qo'ygan edi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, forvard erkin agent sifatida Chernogoriyaning "FK Mornar Bar" jamoasiga o'tdi.
Ma'lumot uchun, Sekulich bekobodliklar tarkibiga 2024 yilning yozida kelib qo'shilgandi. Futbolchi Superligada 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali uni 175 ming evroga baholagan.



