

Rejaga binoan mazkur uchrashuv Toshkent viloyatidagi Ahmad Yassaviy stadionida bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq "Metallurg" FK muxlislar va mutaxassislar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda bahs manziliga o'zgartish kiritdi.
"Metallurg"ning yosh "temiryo'lchilar" bilan o'yini Toshkentdagi "Lokomotiv" futbol akademiyasi maydonida bo'lib o'tadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi.



