XXI milliy chempionatdan e'tiboran Bekobodning “Metallurg” mini futbol jamoasi ham kuchlilar safida ishtirok etadigan bo'ldi. Kecha O'zbekiston futbol federatsiyasi majlislar zalida o'tkazilgan yig'ilishda oliy ligada qatnashuvchi jamoalar soni uzil-kesil aniqlandi va chempionat o'yinlariga qur'a tashlandi. Unga ko'ra birinchi turda “Metallurg” uzluksiz 5 ta o'yin o'tkazishi ma'lum bo'ldi. Bekobodliklarning birinchi turdagi raqiblari Toshkentning “Lokomotiv”, “Ardus”, Samarqandning “Nafis”, Andijonning “Turon-Soliqchi” hamda Buxoroning “Kogon” jamoalari bo'lishadi.
Bugun “Metallurg” futzal jamoasi O'zbekiston futzal assotsiatsiyasida buyurtmadan o'tadi. Jamoada milliy chempionatlarimizda faoliyat olib borgan bir qator tajribali o'yinchilar bilan birgalikda katta futbolda yoshlar tarkibida harakat qilgan o'yinchilar ham mavjud. Mavsum arafasida tashkil etilgan “Assotsiatsiya kubogi”da qatnashgan o'yinchilar safiga G'ulom Mamajonov, Ilhom Yusupjonov hamda Shavkat Dehqonovlar kelib qo'shilishdi. Va o'z navbatida o'sha turnirda harakat qilgan S.Shoahmedov, S.Mahmudov singari o'yinchilarning ismi shariflari buyurtmonomadan o'rin egallamagan. Jamoaning yakuniy tarkibi haqida qo'shimcha ma'lumot beramiz. Eslatib o'tamiz, “Assotsiatsiya kubogi”da Nikolay Odushev shogirdlari guruh bosqichida ikkita o'yinda g'alaba qozonib, ikkita uchrashuvda imkoniyatni boy bergan va beshta jamoa orasida uchinchi o'rinni egallagandi.
1-bosqich, 1-turning “Metallurg” uchun taqvimi:
14 noyabr, soat 12:00: “Metallurg” – “Lokomotiv”
15 noyabr, soat 18:00: “Nafis” – “Metallurg”
16 noyabr, soat 14:00: “Metallurg” – “Ardus”
18 noyabr, soat 14:00: “Turon-S” – “Metallurg”
19 noyabr, soat 16:00: “Metallurg” – “Kogon”