“Metallurg” ertaga “Olmaliq” bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2013, 19:31
Ikkinchi davra o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan Bekobodning “Metallurg” klubi, xabaringiz bo'lsa kerak, 9 iyuldan yig'inni boshlab yuborgandi.
Dastlab futbolchilarning jismoniy xolatini yaxshilashga e'tibor qaratgan klub murabbiylar shtabi futbolchilarni Chorvoqdagi “Metallurg” dam olish maskanida yig'gandi.

Aytishlaricha endilikda “Metallurg”ning yig'ini Chirchiqqa qo'chirilgan. U yerda kuniga bir mahaldan mashg'ulot olib borilmoqda. Rustam Mirsodiqov o'z ananasiga sodiq qolgan xolda, tarkibda katta o'zgarishlarga qo'l urmoqchi emas. Shu bois ayni paytda jamoa safiga yangi kelib qo'shilgan yoki klub bilan xayrlashgan futbolchilar yo'q.

Jamoa ertaga, 24 iyul kuni  “Olmaliq” bilan, 26 iyulda “Lokomotiv” bilan o'rtoqlik uchrashuvida ku sinashadi.


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia