
"Chirchiqda bo'lib o'tgan ikki haftalik yig'in ertaga (28 dekabr) kuni yakunlanadi. Futbolchilar asosan tiklanish mashqlarini bajarishdi. Yangi yil bayramidan so'ng aniqrog'i, 6 yanvardan ikkinchi yig'in boshlanadi. Ushbu yig'in ham Chirchiqdagi "Kimyogar" stadionida bo'lib o'tadi. Fevral oyi boshida esa Turkiyada xorijiy yig'in o'tkazish rejalashtirilgan. Tarkibda hozircha o'zgarishlar yo'q", - deydi "Metallurg" klubi katta murabbiyi Abduqahhor Marufaliev.