Coca Cola Superligasi. "Bunyodkor" to'xtamayati, bu safargi "o'lja" - "Metallurg"

Narzulla Saydullayev
7 okt 2022
Coca Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
 O'yinning 35-daqiqasida Abror Toshqo'zievning jarimadan uzatgan to'pini Farruh Ibrohimov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. Oradan ko'p o'tmay "Metallurg" futbolchisi o'z jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun bosh hakam VAR orqali penalti belgiladi. "Qaldirg'ochlar" hujumchisi Jasur Hakimov 11 metrli nuqtadan gol urib, hisobni tenglashtirdi - 1:1.


77-daqiqada Umid Sultonov mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi - 1:2. O'yin oxirigacha hisob o'zagrmadi va "Bunyodkor" Bekoboddan g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi.



Coca Cola Superligasi. 21-tur
"Metallurg" – "Bunyodkor" - 1:2
7 oktyabr 2022 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 18:30
Hakamlar:
G'ayrat Jo'raev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Jaloliddin Husniddinov
VAR hakami: Nayim Qosimov
AVAR hakami: Rustam Tagaev
VAR nazoratchisi: Baxtiyor Namozov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Jamshid Imamov.

Gollar: 

Farruh Ibrohimov 35, - 1:0 (VIDEO KO'RISH)

Jasur Hakimov 41 penalti, - 1:1 (VIDEONI KO'RISH

Umid Sultonov 77, - 1:2. (VIDEONI KO'RISH)

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 4.Kerim Palich, 6.Xudoyshukur Sattorov (s), 10.Bektemir Abdumannonov, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 16.Jasur Xolto'raev, 18.Anvar G'ofurov, 22.Shahzodbek G'ofurbekov, 30.Ibrohim Ibragimov (8.Behruz Shodmonov, 46), 80.Farruh Ibrohimov (7.Boburbek Farhodov, 85), 97.Muhammadali Aliqulov
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 99.Vladimir Vagin, 5.Abbos Otaxonov, 19.Ergash Ismoilov, 25.Shahzodjon Nematjonov, 26.Mirkomil Abdurazoqov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov

"Bunyodkor": 32.Suhrob Sultonov, 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 4.Davronjon Ergashev (s), 5.Jasurbek Yoqubov, 7.Akbar Ismatullaev (62.Abdulloh Omonaliev, 50), 8.Francis Narx, 15.Jasurbek Hakimov (49.Ibrohim Tomiva, 67), 22.Usmonali Ismonaliev (99.Umid Sultonov, 50), 33.Umarali Rahmonaliev, 34.Sahrob Izzatov (10.Rasul Yo'ldoshev, 90+2), 88.Jahongir O'rozov
Zaxira: 91.Zafar Safoev, 11.Dmitrie Pobulich, 18.Pavel Mogilavec, 37.Muhammadodil Qahramonov, 45.Farhod O'tkirov, .

Ogohlantirishlar: Jasur Hakimov 58,




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia