Mesut Ozil hech kimga kerak emasmi?

Aziz Tukhtamuradov
11 okt 2017, 21:14
"Arsenal" futbolchisi Mesut Ozil londonliklar bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti.

Germaniyalik futbolchi o'ziga yangi klub topmoqchi. U yangi jamoaga erkin agent sifatida borib qo'shilib, haftasiga 330 ming funt maosh olishni istamoqda. Ammo, baxtga qarshi xech qaysi klub Ozil uchun buncha pul bergisi kelmayapti.

Ozilning yaqinlari unga "kanonirlar" bilan shartnomani uzaytirishni maslahat bermoqdalar. Avvalroq, u maoshi kamligi sababli klub bilan kelishuvni uzaytirmasligini ma'lum qilgandi. "Arsenal" Ozilga haftasiga 250 ming funt to'lamoqchi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: mirror.co.uk