

Manba bergan xabarga ko'ra, Messini erkin agent sifatida Saudiya Arabistonidagi klublardan biriga o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. Muzokaralarda Messining otasi Xorxe va “Manchester Siti” sobiq bosh direktori Garri Kuk ishtirok etmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu shartnoma futbol tarixidagi rekordga aylanishi mumkin. Hujumchi Krishtianu Ronaldu to'p suradigan “Al-Nacsr”ning asosiy raqibi “Al-Hilol”iga o'tishi mumkin.



