Messining otasi o'g'lining “Barselona”dan ketishiga shama qildi

Narzulla Saydullayev
20 noya 2014, 08:29
“Barselona” klubi yetakchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi o'g'lining jamoadan ketishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
“Bugunga kelib bu mavzuda klub rahbariyati bilan hech qanday gap-so'z yoki muzokara bo'lib o'tmadi. Leoni “Barsa”da hamma narsa qoniqtiradi. Lekin klub rahbariyati o'g'limni sotishni istasa, biz takliflar ko'rib chiqishga tayyormiz, - dedi Xorxe Messi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com