Messining Gabondagi stadionga qo'ygan ilk g'ishtni o'g'irlab ketishdi

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2015, 19:05
Lionel Messining ikki hafta avval Gabondagi stadionga qo'ygan ramziy manodagi ilk g'ishtini o'g'irlab ketishdi.
Argentinalik yulduz Gabon davlati prezidenti Ali ben Bongo Ondimbining taklifiga binoan ushbu mamlakatga tashrif buyurgan va Port-Jantile shahridagi stadionga ilk g'ishtni qo'ygandi.

Ayni paytda policiya Messining qo'li tekkan “qimmatbaho g'isht”ni tunab ketgan o'g'rilarni keng miqyosda qidirmoqda. Messining tashrifi gabonliklar tomonidan turlicha qabul qilingan edi. Ayrimlar bu tashrifni tarixiy voqeylikka yo'ygan bo'lsa, bazilar ko'cha kiyimida kelgan Messidan ranjigandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com