Messining Barselonadagi golsiz seriyasi 272 daqiqaga etdi

Narzulla Saydullayev
6 apr 2016, 10:42
Barselona hujumchisi Lionel Messi YCHL ¼ finalida Atletikoga qarshi o'yinda (2:1) gol ura olmadi.

Shunday qilib, argentinalik futbolchining Kataloniya klubidagi golsiz seriyasi 272 daqiqaga etdi.

So'nggi bor Messi Barselona safida 16 mart kuni, YCHL 1/8 finalida Arsenalga qarshi o'yinda (3:1) to'p kiritgandi.

30 mart kuni Messi Argentina terma jamoasi safida penaltidan Boliviya darvozasiga gol urdi (2:0). Ayni paytda hujumchi hisobida faoliyatida 499ta gol bor.

9 aprel kuni Barselona Ispaniya chempionati doirasida Sosedadga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Goal.com