Messi: "Yosh doimo o'zini bildiradi, men ko'proq o'zimni va ovqatlanishimni nazorat qilaman"

Aslanov Jasurbek
20 fev 2015, 11:11
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining takidlashicha, u oldingidek formada bo'lishi uchun avvalgidan ko'proq mashq qilishiga to'g'ri kelyapti.

"O'zimni juda yaxshi his qilyapman va jamoaga yordam berishni davom ettirmoqchiman. Ammo tanam og'irlikni his qilmaydigan 17, 18, 19, 20 yoki 21 yoshda emas. Endi o'zimni nazorat qilish uchun ko'p mehnat qilyapman va ovqatlanishim ham nazorat ostida. Futbol o'ynashni boshlaganimdan beri ancha o'zgarganman. Eski Messidan nimalardur qolgan, ammo ko'p emas" - deydi Lione Messi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com