

31 yoshli hujumchi ushbu marosimda uchta asosiy da'vogarlar qatoriga kiritilmagan. “Real” va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich, “Liverpul” va Misr terma jamoasi yarim himoyachisi Muhammad Saloh, “Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yakuniy ro'yxatdan joy olishgan.
Messi 2006 yildan beri ilk marta kuchli uchlik safidan joy olmadi. Ammo u yilning ramziy terma jamoasi safidan joy olishga da'vogar. Shuningdek, uning JCH-2018 da Nigeriya termasi darvozasiga kiritgan goli “eng yaxshi gol” nominaciyasiga da'vogar bo'lib turibdi.
Yilning eng yaxshi futbolchisi nomi 24 sentyabr kuni Londonda ma'lum qilinadi.



