Messi videokonferenciya orqali FIFAga hulqi haqida tushuntirish beradi

Aslanov Jasurbek
3 may 2017, 10:57
Argentina terma jamoasi hujumchisi Chiliga qarshi JCH-2018 saralash bahsidagi o'zini tutishi borasida tushuntirish berish uchun FIFA shtab-kvartirasiga bormaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" futbolchisi FIFA bilan videokonferenciya orqali muloqot qiladi. Messi shaxsiy sabablarga ko'ra Cyurixga bora olmasligini aytdi. "Albiseleste" forvardi Chiliga qarshi bahsda yon hakamni haqorat qilgani uchun 4 ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilingan edi. Messining o'zi hakamni so'kmaganini, shunchaki havoga gapirganini aytdi. Futbolchining maqsadi diskvalifikaciya muddatini qisqartirish.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ole