Messi va Valdes yanvarda umumiy guruhga qaytishlari mumkin
Tolibjon Qosimov
18 dek 2013, 11:51
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino, Lionel Messi qachon umumiy guruhga qo'shilishi haqida ma'lumot berdi.
“Messining tuzalish jarayoni yaxshi borayapti. U 2 yanvardan boshlab jamoaga qo'shiladi va o'ylaymanki tezda umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shiladi. Shu o'rinda Valdesning ham yanvarda jamoaga qo'shilishi kutilmoqda”.