

Ma'lumotlarga qaraganda, inglizlar avgust oyi tugaguncha 30 yoshli argentinalik hujumchining shartnomasida to'langan 300 million evro miqdoridagi pulni to'lab bermoqchilar va Messi bilan shartnoma imzolamoqchilar.
"Shaharliklar" "Barsa" va Messi o'rtasidagi shartnoma imzolanishi cho'zilayotganidan foydalanib qolmoqchilar. Tomonlar iyul oyida kelishuvni uzaytirish haqida e'lon qilgandilar. Lekin, haliyam shartnoma imzolangani yo'q.



