Messi sharafiga "Kamp Nou"da uning haykali o'rnatiladi

Khoja
14 noya 2025
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi yangilangan "Kamp Nou" stadionida Lionel Messining haykalini o'rnatish niyati borligini ma'lum qildi.

"Messi har doim "Barselona"ning oila a'zosi bo'lib qoladi; u bizning eshiklarimiz uning uchun ochiqligini biladi. Biz uni hurmat qilamiz, u "Barselona"da eng yuqori etirofga loyiq.

"Kamp Nou"da uning sharafiga haykal o'rnatilishi kerak. U klubimizda o'z izini qoldirgan afsonaviy futbolchilardan biri.

Buni yig'ilishda muhokama qildik va ustida ishlayapmiz. Biz uning oilasidan rozilik olishimiz kerak. Bu barcha Barsa muxlislariga yoqadi", - dedi Kataloniya klubi prezidenti.


KhojaMuallif
Manba: championat.com