
"Krishtianu Ronaldu hozir o'zining eng yuqori darajasida o'ynayaptimi, yo'qmi, bilmadim. Biroq u har doim tinimsiz ravishda gollar urib, klubi va terma jamoasiga katta foyda keltiradi. U bu ishni ancha yillardan beri amalga oshirib kelyapti. Uning uchun eng yaxshi formasidami, unday emasmi, farqi yo'q", deya Messi so'zlaridan Marca iqtibos keltirmoqda.